“Yil oʻqituvchisi” tanlovining uchinchi bosqich sinov natijalari e’lon qilindi

“Yil oʻqituvchisi” tanlovining uchinchi bosqich sinov natijalari e’lon qilindi

“Yil o‘qituvchisi” tanlovining 3-bosqichida 416 nafar pedagogning natijalari aniqlandi. Nomzodlarning baholash natijalaridan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaatlari apellyatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilib, natijalar o‘zgarishsiz qoldirildi.

 

Xabaringiz bor, joriy yilning iyul oyida mamlakatimizning barcha hududlarida “Yil oʻqituvchisi” tanlovining uchinchi bosqich sinovlari boʻlib oʻtdi.

 

Unda tanlovning ikkinchi bosqich natijalari boʻyicha saralab olingan 416 nafar talabgor pedagog oʻzaro bellashdi.

 

Mazkur bahslarda nomzodlarning ma’naviy-ma’rifiy faoliyat taqdimoti 20 ball hamda kitobxonligi kitobxonlik boʻyicha test asosida 80 ballik tizim asosida baholandi. Taqdimot hamda test sinovlari yuzasidan baholash natijalaridan norozi boʻlgan nomzodlar murojaatlari  apellyatsiya komissiyasi a’zolari  tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, nomzodlarning natijalari o‘zgarishsiz qoldirildi.

 

Tanlovning uchinchi bosqich natijalari pedagoglarning pedagog.uzedu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetlariga yuborilgan.

 

Tanlov g‘oliblari tog‘risida ma’lumotlar vazirlikning rasmiy kanallari orqali e’lon qilinadi.

 

Maʼlumot uchun: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-apreldagi tegishli qaroriga asosan, har bir tuman (shahar) boʻyicha birinchi oʻrinni egallagan gʻolib pedagoglar bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravariga teng pul mukofoti bilan taqdirlanadi.