83 nafar talabgor oʻqishni koʻchirish sinovlaridan chetlashtirilgan – agentlik - Ta’lim xabarlari
83 nafar talabgor oʻqishni koʻchirish sinovlaridan chetlashtirilgan – agentlik

Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha 2024-yil 19–20-avgust kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida test sinovlari o‘tkazildi.
 
Bilimni baholash agentligining ma’lum qilishicha, test sinovlarida 40 897 nafar talabgor ishtirok etgan. Shulardan 2 902 nafar talabgor qatnashmagan bo‘lsa, 83 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani sababli test sinovlaridan chetlashtirilgan.
 
Shuningdek, 20-avgust kuni o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilinganligi haqida xabar qilgan edik.
 
Talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytidagi “O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat) Natija“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin bo‘ladi.
 
Eslatma! Mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan talabgorlarning natijalari OTMlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Bilimni baholash agentligiga taqdim etilgandan soʻng e’lon qilinadi.
 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры