ENE KIDS louihasining pilot dasturiga start berildi - Ta’lim xabarlari
ENE KIDS louihasining pilot dasturiga start berildi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Energetika vazirligi hamda Yaponiya-Oʻzbekiston yoshlar innovatsion markazi hamkorligida suv va elektr energiyani tejash boʻyicha ENE Kids loyihasining pilot dasturiga start berildi.

Unda Toshkent shahar va Sirdaryo viloyatidan tanlab olingan 11 ta maktabning 500 nafardan ortiq 7-sinf oʻquvchilari ishtirok etishmoqda.

Ushbu dastur oʻquvchilarga:

energiya va suvdan unumli foydalanish koʻnikmalarini shakllantirishga yordam beradi;

butun mamlakat koʻlamida qanchalik suv va energiya tejalishi mumkinligini koʻrsatadi.

Taʼkidlash joiz, bu kabi tadbirlar yoshlarga energiya resurslaridan unumli foydalanish, tejash orqali ekologik muammolarni yechishda oʻz hissalarini qoʻshishlariga koʻmaklashadi.

Loyiha doirasida yaponiyalik ekspert Yuki Yanagida tomonidan mazkur tajriba-sinov maktablarining oʻqituvchilari uchun treninglar ham tashkil etildi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Ta’lim-biznes

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Образование-бизнес

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры