Beshta yo’nalishning barchasiga grant asosida qabul qilingan abituriyent istagan yo’nalishini tanlashi mumkinmi? Ularga shunday imkoniyat beriladimi?
Tahririyatimizga ko‘plab abituriyentlardan «beshta yo‘nalishga ham balim yetgan bo‘lsa, istalgan birini tanlab o‘qisam bo’ladimi?» mazmunidagi savollar kelib tushmoqda.
Abituriyentlar testdan keyin yo’nalish tanlayotganda beshta yo‘nalishni ketma-ket tanlagan. Shuningdek, davlat granti va to‘lov-kontrakti bo‘yicha ham ustuvorlikni allaqachon belgilab bo‘lgan.
Yakuniy javoblar chiqqandan keyin abituriyentlar o‘qishga kirgan yo‘nalishlarini o‘zgartira olmaydi va istagan biriga o’qishga kirish imkoniyati ham berilmaydi. Ustuvorlik bo‘yicha qaysi yo‘nalishga kirganini kompyuterning o‘zi belgilab beradi. Ustuvorlikni davlat granti deb tanlaganmi, yo’nalish bo’yicha tanlaganmi, farqi yo’q.
mandat.uzbmb.uz saytida qaysi yo‘nalishning usti yashil (grant) yoki ko’k yoki sariq (kontrakt) rangga bo‘yalib turgan bo‘lsa, o‘sha yo‘nalishga kirgan bo‘ladi.
Buni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Yo’nalishlar ketma-ketligida tepaga chiqish ham, pastga tushish ham mumkin emas
