Mandat xabariga oldindan buyurtma berish imkoniyati ishga tushdi

Mandat xabariga oldindan buyurtma berish imkoniyati ishga tushdi

2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonining eng muhim bosqichi — yakuniy mandat natijalarining e’lon qilinishi yaqinlashmoqda. Abituriyentlar endi maxsus Telegram botlar orqali mandat natijalari e’lon qilinganidan tezkor xabardor bo‘lishlari mumkin.

 

Xabaringiz bor ayni kunlarda 2026/2027-o‘quv yili uchun qabulning eng asosiy qismi yaqinlashmoqda. Ya’ni, bir necha kunlardan so‘ng yakuniy mandat natijalari e’lon qilinadi va shu bilan qabulning asosiy qismi o‘z yakuniga yetadi.

 

Mandat natijasini kutayotgan abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida maxsus Telegram-botlarga yangi funksiya qo‘shildi.

 

Botlar ro‘yxati bu yerda:

 

Endilikda abituriyentlar botlardagi «Eslatmani yoqish» xizmatini faollashtirib, yakuniy mandat natijalari e’lon qilingan zahoti bu haqda xabardor bo‘lishlari mumkin.

 

Buning uchun abituriyent botga kirib, «Eslatmani yoqish» tugmasini bosishi kifoya. Shundan so‘ng mandat natijalari e’lon qilinganda bot foydalanuvchiga natijalar chiqqani haqida avtomatik ravishda xabar yuboradi.

 

Mandat xabariga oldindan buyurtma berish imkoniyati ishga tushdi

 

 

Bu funksiya, ayniqsa, mandat natijalarini doimiy ravishda tekshirib turishni istamaydigan yoki natijalar e’lon qilingan vaqtni o‘tkazib yuborishdan xavotir olayotgan abituriyentlar uchun qulaylik yaratadi.

 

Avvalroq, mandatning qachon e’lon qilinishi, belgilangan muddatlar va yakuniy natijalarga oid barcha muhim ma’lumotlar jamlangan maqolani e’lon qilgan edik.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish