Kun savoli: Mandat qachon e’lon qilinadi?

Kun savoli: Mandat qachon e’lon qilinadi?

OTM va ta’lim yo‘nalishini tanlash jarayoni yakunlangach, tahririyatimizga mandat natijalari bilan bog‘liq savollar to‘xtovsiz kelib tushmoqda. Ushbu maqolada mandatning qachon e’lon qilinishi, belgilangan muddatlar va yakuniy natijalarga oid barcha muhim ma’lumotlarni jamladik.

 

Xabaringiz bor, kecha 8-avgust kuni 2026/2027-o‘quv yiliga qabulning ikkinchi bosqichi yakuniga yetdi. Bu bosqich davomida abituriyentlar OTM, ta’lim yo‘nalishi, ta’lim shakli va tanlov ustuvorligini tanlashdi.

 

Bugundan tahririyatimizga ‘‘Mandat qachon chiqadi?’’ degan savollar to‘xtovsiz kelishni boshladi. Albatta, endi barcha abituriyentlarda ushbu savol bo‘lishi tabiiy.

 

Aslida, mandat qachon chiqishini hech kim bilmaydi. Lekin bu haqida bir qancha taxminlar bor.

 

Vazirlar Mahkamasining 578-sonli qarorida, abituriyentning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani boʻyicha belgilangan tartibda tasdiqlangan tanlov natijasi roʻyxatdan oʻtishning ikkinchi bosqichi (abituriyent tomonidan oliy taʼlim tashkiloti, bakalavriat taʼlim yoʻnalishi, taʼlim shakli va tanlov ustuvorligini tanlash) toʻliq yakunlangandan soʻng bir hafta muddat ichida eʼlon qilinishi belgilab qo‘yilgan.

 

Bu degani, mandat eng kech e’lon qilinishi mumkin bo‘lgan sana 16-avgust bo‘ladi. Ya’ni mandat natijalari qonunchilikka ko‘ra, 16-avgustdan kech qolmaydi.

 

O‘tgan yili ham jarayonlar xuddi shunday holatda kechgan edi. Ikkinchi bosqich 8-avgust kuni yakunlangan, mandat uchun 16-avgustga qadar muddat belgilangan, ammo, mandat 13-avgustda, tanlovdan 5 kun o‘tib e’lon qilingan edi. 

 

Bu yil ham mandat ertaroq e’lon qilinishi mumkinmi? Ha, mumkin. 

 

Ushbu ehtimolni paydo qiladigan asosiy sabab joriy yilda abituriyentlar sonining kamligi hisoblanadi. Chunki yakuniy natijalarni hisoblashda abituriyentlarning soni eng muhim omillardan biri.

 

Mandat natijalari e’lon qilingach, 10 kun davomida oliy ta’lim muassasasiga talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar texnikumlarni tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 

Bundan tashqari, kirish imtihonlarida ishtirok etib, minimal ball toʻplagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga vakant (boʻsh) oʻrinlar qolgan yoʻnalishlarda tanlovda ishtirok etish imkoniyati ham beriladi.

 

Ammo ungacha minimal o‘tish bali ham tasdiqlanishi kerak. Abituriyentlar uchun to‘plash lozim bo‘lgan eng kam ball ham hozircha tasdiqlanib, e’lon qilingani yo‘q.

 

Mandat natijasi haqida oldindan buyurtma bersa ham bo‘ladi

 

Quyidagi Telegram-botlarda ‘‘Eslatish’’ xizmatini ishga tushirish orqali mandat natijasi e’lon qilinishi bilan undan xabardor bo‘lishingiz mumkin. Botlar sizga natijalar e’lon qilingani haqidagi SMS-xabarni tezkorlik bilan yuboradi. Maxsus botlar ro‘yxati bu yerda:

 

@e_uzbmb_mandatbot
@e_uzbmb_mandat1bot
@e_uzbmb_mandat3bot

 

Talimxabarlari.uz barcha abituriyentlardan ortiqcha xavotir olmaslikni, tushkunlikka tushmaslikni va aniq javobi bo‘lmagan savol bilan o‘zlarini qiynamaslikni so‘rab qoladi. Yakuniy mandat saytimizning barcha ijtimoiy tarmoqlari orqali e’lon qilinadi. 

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish