Imtiyozli diplom bilan bitirgan bakalavr va magistr pedagoglarga yangi tartibda malaka toifasi beriladi

Imtiyozli diplom bilan bitirgan bakalavr va magistr pedagoglarga yangi tartibda malaka toifasi beriladi

2026-yildan boshlab imtiyozli diplom bilan bakalavriatni tamomlagan hamda magistraturani barcha fanlardan va yakuniy davlat attestatsiyasidan “5” (aʼlo) baho bilan bitirgan pedagoglarga attestatsiyaga qadar beriladigan malaka toifalari yangilanadi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qarori bilan hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Unga koʻra, 2026-yildan boshlab bakalavriatni imtiyozli diplom bilan tamomlab, birinchi marta taʼlim tashkilotiga ishga kirgan pedagoglarga ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi) beriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Imtiyozli diplomga ega boʻlmagan bakalavr bitiruvchilarga esa avvalgidek mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimi beriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Shuningdek, magistratura bosqichini barcha fanlardan hamda yakuniy davlat attestatsiyasidan “5” (aʼlo) baho (90–100 ball) bilan tamomlagan va birinchi marta taʼlim tashkilotiga ishga kirgan bitiruvchilarga birinchi malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi lavozimi) beriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Qolgan magistr darajasiga ega bitiruvchilarga esa avvalgidek ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi) berilishi davom ettiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Mazkur tartib pedagoglar navbatdagi attestatsiyadan oʻtguniga qadar amal qiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026/2027-o‘quv yilidan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun milliy sertifikat tizimi joriy etilishi haqida xabar bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Unga ko‘ra, malaka imtihonlarida B+ va undan yuqori natija ko‘rsatgan pedagoglarga lavozim maoshiga har oy 15 foiz ustama to‘lanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠