Ta’lim sohasidagi tadbirkorlik subyektlari soni bir yilda 38,6 foizga oshdi

Ta’lim sohasidagi tadbirkorlik subyektlari soni bir yilda 38,6 foizga oshdi

2026-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 9 060 taga yetdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 2,5 mingta yoki 38,6 foizga ko‘pdir.

 

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-iyul holatiga O‘zbekistonda ta’lim sohasida 9 060 ta tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritmoqda.

 

Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 2 525 taga yoki 38,6 foizga oshgan.

 

So‘nggi 5 yilda ta’lim yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha o‘zgargan (1-iyul holatiga):

 

  • 2022-yil – 6 594 ta;
  • 2023-yil – 6 267 ta;
  • 2024-yil – 6 312 ta;
  • 2025-yil – 6 535 ta;
  • 2026-yil – 9 060 ta.

 

Avvalroq, 2026-yilning yanvar–aprel oylarida ta’lim xizmatlari hajmi 14,5 trillion so‘mga yetgani hamda ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Toshkent shahri yetakchilik qilayotgani haqida xabar berilgandi.