Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatning 5-, 6- va 7-sinflariga kirish imtihonlari natijalari eʼlon qilindi. Talabgorlar matematika va ingliz tili fanlaridan toʻplagan ballari asosida saralandi.
Joriy yilning 26-iyun kuni oʻtkazilgan Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatning 5-, 6- va 7-sinflariga kirish imtihonlari natijalari Cambridge Assessment International Education tashkiloti tomonidan eʼlon qilindi.
Imtihon natijalari bilan Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasi orqali tanishishingiz mumkin:
https://www.cambridgeinternational.org/language-school-results-J26/
Xabar berganimizdek, 5-7-sinflar uchun qabul jarayonlari 14-iyungacha davom etgan edi.
Imtihon jarayonlari bir bosqichda matematika fanidan 20 ta, ingliz tili fanidan 25 ta test savollari shaklida oʻtkazildi.
Yuqorida qayd etilgan fanlar boʻyicha ham tenglik saqlanib qolganda, talabgorlar tugʻilgan sanasi boʻyicha saralanadi, bunda yoshroq oʻquvchilarga ustunlik beriladi. Agarda bu holatda ham tenglik saqlanib qolsa, Qabul komissiyasi tomonidan oʻquvchilarga qoʻshimcha topshiriqlar beriladi.
Shuningdek, ixtisoslashtirilgan maktabga qabul qilingan oʻquvchi oʻqishni davom ettirmagan holatlarda, uning oʻrniga oʻqishga kira olmaganlar orasidan ballar ketma-ketligi boʻyicha navbatdagi oʻquvchi taklif qilinadi.
Navbatdagi oʻquvchi ballar ketma-ketligi boʻyicha undan oldingi oʻquvchining ota-onasi (qonuniy vakili) tomonidan oʻqishni maktabda davom ettirish istagi mavjud emasligini tasdiqlovchi hujjat olinganidan soʻng qabul qilinadi.
Avvalroq, xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabning tayyorlov (0) va 1-sinfiga qabul imtihonlari sanasi eʼlon qilingani haqida xabar bergan edik.
