Asakadagi maktabda sodir bo‘lgan qotillik: jinoyatchi 19 yilga qamaldi

Asakadagi maktabda sodir bo‘lgan qotillik: jinoyatchi 19 yilga qamaldi

Andijonda erkak turmush oʻrtogʻini u ishlaydigan maktab binosida pichoqlab oʻldirdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Sud hukmiga koʻra, u 19-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Andijon viloyatining Asaka tumanida turmush oʻrtogʻini maktab binosida pichoqlab oʻldirgan erkakka nisbatan sud hukmi eʼlon qilindi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ U 19-yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Sud hujjatlariga koʻra, er-xotin oʻrtasidagi oilaviy kelishmovchiliklar uzoq vaqt davom etgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Mojarolar sabab ayol bir necha bor farzandlari bilan ota-onasinikiga ketgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Munosabatlarni tiklash maqsadida erkak yashab turgan uyni notarial tartibda turmush oʻrtogʻi nomiga rasmiylashtirib bergan boʻlsada, bu oiladagi nizolarga barham bermagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Sudlanuvchining aytishicha, keyinchalik turmush oʻrtogʻi uy oʻz nomida ekanini va uni sotishi mumkinligini bildirgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Erkak esa ayolini bir necha bor yarashishga va uyga qaytishga koʻndirishga uringan, biroq bunga muvaffaq boʻlmagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Aniqlanishicha, voqea sodir boʻlgan kuni u bozordan kiyim-kechak hamda roʻzgʻor uchun xoʻjalik pichogʻi xarid qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Shundan soʻng onasi qoʻngʻiroq qilib, turmush oʻrtogʻi uyni xaridorlarga koʻrsatish uchun kelayotganini aytgach, u bilan gaplashish maqsadida ayol ishlaydigan maktabga borgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Fojia 27-yanvar kuni soat 15:30 atrofida Asaka tumanidagi maktab binosida yuz bergan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Maktab koridorida er-xotin oʻrtasidagi suhbat tortishuvga aylangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Oqibatda erkak oʻzi bilan olib kelgan xoʻjalik pichogʻi bilan ayolga bir necha marotaba tan jarohati yetkazgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Jabrlanuvchi olgan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Sudda soʻzlagan sudlanuvchi janjal vaqtida oʻzini boshqara olmaganini bildirib, voqea tafsilotlarini toʻliq eslay olmasligini aytgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Hodisa ortidan erkak oʻz yashash xonadoniga qaytib, joniga qasd qilishga uringan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Uni akasi vaqtida koʻrib qolib, shifoxonaga yetkazgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Shifokorlar tomonidan koʻrsatilgan tibbiy yordam natijasida uning hayoti saqlab qolingan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Sud hukmiga koʻra, erkak Jinoyat kodeksining 97-moddasi ikkinchi qismi “j”, “i” va “l” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 19-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Avvalroq, Andijonda voyaga yetmagan bolalar janjaliga aralashgan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠