5 yilda xalqaro yutuqlari bilan tanilgan institut: talabalar qanday natijalarga erishmoqda?

5 yilda xalqaro yutuqlari bilan tanilgan institut: talabalar qanday natijalarga erishmoqda?

Ta’lim muassasasining nufuzi ko‘p jihatdan uning talabalari erishayotgan yutuqlar bilan belgilanadi. Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti faoliyat boshlaganiga besh yil bo‘lgan bo‘lsa-da, shu davr mobaynida institut talabalari xalqaro va respublika miqyosidagi nufuzli tanlov hamda olimpiadalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, salmoqli natijalarga erishib kelmoqda.

 

Buning yorqin misollaridan biri joriy yilning 21-may kuni Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahrida o‘tkazilgan “Farmatsiya” ta’lim dasturida tahsil olayotgan 3–5-bosqich talabalari o‘rtasida “Farmatsevtik kimyo” va “Farmakognoziya” fanlari bo‘yicha II Xalqaro fan olimpiadasidir.

 

Mazkur nufuzli olimpiada “ANAMED” xalqaro forumi doirasida tashkil etilib, S.D. Asfendiyarov nomidagi Qozoq milliy tibbiyot universiteti Farmatsiya maktabining 75 yilligiga bag‘ishlangan.

 

Olimpiadaning asosiy maqsadi – talabalar orasida farmatsevtik kimyo va farmakognoziya fanlariga qiziqishni oshirish, ularning o‘qishga bo‘lgan intilishini rag‘batlantirish, iqtidorli va raqobatbardosh kelajak mutaxassislarini aniqlash, kasbiy tafakkurini rivojlantirish hamda mutaxassislik fanlari bo‘yicha bilim doirasini kengaytirish hisoblanadi.

 

5 yilda xalqaro yutuqlari bilan tanilgan institut: talabalar qanday natijalarga erishmoqda?

 

Nufuzli xalqaro musobaqada Qozog‘iston, O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasining yetakchi oliy ta’lim muassasalari farmatsevtika fakultetlaridan jami 14 ta jamoa ishtirok etgan. Ular orasida S.D. Asfendiyarov nomidagi Qozoq milliy tibbiyot universiteti, Qozog‘iston — Rossiya tibbiyot universiteti, Astana tibbiyot universiteti, “Bolashaq” akademiyasi, Toshkent farmatsevtika instituti, Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti, Alfraganus University, Andijon davlat tibbiyot instituti, Boshqird davlat tibbiyot universiteti va boshqa nufuzli ta’lim muassasalari vakillari bor edi.

 

Olimpiada yakunlariga ko‘ra, Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti jamoasi 1-o‘rinni egalladi. Mazkur muvaffaqiyatga Yusufjonov Abdurashid, Nosirov Ulug‘xo‘ja, Odilova Sitora, Jo‘rayev Xojakbar va Mo‘minboyev Shohjaxon erishdi.

 

5 yilda xalqaro yutuqlari bilan tanilgan institut: talabalar qanday natijalarga erishmoqda?

 

Ta’kidlash joizki, bu institut talabalari uchun ilk xalqaro g‘alaba emas. 2025-yil 27-28-noyabr kunlari Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasida Osiyo Fanlar akademiyasi akademigi, Xalqaro fanlar akademiyasining Ozarbayjon bo‘limi akademigi, farmatsevtika fanlari doktori, professor Bayan Sagindikova tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan xalqaro fan olimpiadasida ham Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti talabalari nufuzli 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan.

 

Shuningdek, 2025-yil 5-6-dekabr kunlari Samarqand davlat tibbiyot universitetida tashkil etilgan “Samarqand-2020” tibbiyot oliygohlari talabalarining VII Xalqaro olimpiadasida Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutining 10 nafar talabasi ishtirok etgan. Natijada, Mamajonov Nuriddin va Dilmurodov Ma’rufjon 1-o‘rinni, Pashshakulova Sevara esa 3-o‘rinni egallagan.

 

Xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlar bilan bir qatorda institut talabalari ilmiy-innovatsion yo‘nalishlarda ham faol natijalar ko‘rsatmoqda. Xususan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etiladigan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika ko‘rik-tanlovida institut vakillari muntazam ravishda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda.

 

5 yilda xalqaro yutuqlari bilan tanilgan institut: talabalar qanday natijalarga erishmoqda?
«Mirzo Ulug‘bek vorislari 2026»

 

2025–2026-o‘quv yilida tanlovning tuman bosqichlarida institutning 30 nafar talabasi o‘z ilmiy va innovatsion loyihalari bilan qatnashdi. Ulardan 16 nafari g‘olib deb topilib, keyingi bosqichga yo‘llanma oldi. Keyingi saralash bosqichlari natijasida 9 nafar talaba esa respublika bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan.

 

Quvonarlisi, respublika bosqichi yakuniga ko‘ra institutning ikki nafar iqtidorli talabasi mamlakatning eng salohiyatli va istiqbolli yoshlari qatoriga kiritilib, “Eng iqtidorli 100 nafar yosh” safidan munosib o‘rin egalladi.

 

Ular:

 

  • Mamarasulova Zulfiya — Farmatsiya yo‘nalishi 1-bosqich talabasi. “QR-APTEKA” innovatsion loyihasi bilan ishtirok etdi.

Ilmiy rahbar: Ziyoyeva Mavjuda Nabiyevna.

 

  • Eshnazarov Аziz — Davolash ishi yo‘nalishi 1-bosqich talabasi. “Teri xavfsiz o‘smalariga qarshi dori vositasi” mavzusidagi ilmiy loyihasi bilan qatnashdi.

Ilmiy rahbar: farmatsevtika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Ramazonova Kamola Ramazon qizi.

 

5 yilda xalqaro yutuqlari bilan tanilgan institut: talabalar qanday natijalarga erishmoqda?
Mamarasulova Zulfiya — Farmatsiya yo‘nalishi 1-bosqich talabasi

 

5 yilda xalqaro yutuqlari bilan tanilgan institut: talabalar qanday natijalarga erishmoqda?
Eshnazarov Аziz — Davolash ishi yo‘nalishi 1-bosqich talabasi

 

Mazkur natijalar institutda yoshlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, innovatsion g‘oyalarni rag‘batlantirish va iqtidorli talabalarni kashf etish borasida olib borilayotgan tizimli ishlar oʼz samarasini berayotganini ko‘rsatadi.

 

Bugungi kunda Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti talabalari xalqaro olimpiadalarda g‘olib bo‘lib, respublika miqyosidagi tanlovlarda yuqori natijalarni qayd etmoqda. Bu esa ta’lim muassasasining nafaqat sifatli ta’lim beruvchi oliygoh, balki istiqbolli yoshlar, bo‘lajak olimlar va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan ilmiy-ma’rifiy markaz sifatida shakllanib borayotganini namoyon etadi.

 

Har bir qo‘lga kiritilgan yutuq institut professor-o‘qituvchilari mehnati, yaratilgan ta’lim muhiti va talabalarning izchil izlanishlari natijasi bo‘lib, kelgusidagi yanada yuksak marralar uchun mustahkam zamin yaratmoqda.

 

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti rasmiy sayti: https://ftti.uz

Manzil: Yunusobod tumani, 19-mavze, 46,48-uy.

Mo‘ljal: “UzMaxOil” yoqilg‘i quyish shaxobchasi.

 

Telegram: t.me/fttiuz
Instagram: instagram.com/ftti.uz/?hl=ru
Facebook: facebook.com/FTTI.UZ
YouTube: www.youtube.com/@farmatsevtikatalimvatadqiqoti

Qabul platformasi: https://admission.ftti.uz/

 

Aloqa markazi:

+998 97 139-00-50
+998 97 189-00-50

+998 71 202-05-50

+998 71 203-05-50