Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 558 ming nafardan oshdi — statistika

Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 558 ming nafardan oshdi — statistika

Yangi o‘quv yili uchun davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul jarayonlari davom etmoqda. 23-iyun kuni soat 08:26 holatiga ko‘ra, onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 558 694 nafarni tashkil etgan.

 

Bilimni baholash agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 23-iyun kuni soat 08:26 holatiga jami 558 694 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tgan.

 

Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18 957 nafarga (+3,5%) ko‘p. Taqqoslash uchun, 2025-yilda ushbu ko‘rsatkich 539 737 nafarni tashkil etgan.

 

Ro‘yxatdan o‘tganlarning 370 005 nafari joriy yil bitiruvchilari, 188 689 nafari esa avvalgi yillarda maktab yoki kollejni tamomlagan abituriyentlar hisoblanadi.

 

Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarning 300 441 nafar (53,8%) ayol, 258 253 nafar (46,2%) erkak abituriyent hujjat topshirgan.

 

Ta’lim tili bo‘yicha eng katta ulush o‘zbek tiliga to‘g‘ri kelmoqda. Xususan, 494 606 nafar (88,5%) abituriyent o‘zbek tilida ta’lim olishni tanlagan. Shuningdek, 52 303 nafar (9,4%) rus tilini, 10 595 nafar (1,9%) qoraqalpoq tilini hamda 1 190 nafar (0,2 foiz) boshqa tillarni tanlagan.

 

Hududlar kesimida eng ko‘p abituriyent Toshkent shahrida qayd etilgan bo‘lib, ularning soni 94 431 (16,9%) nafarga yetgan.

 

Eslatib o‘tamiz, davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishning birinchi bosqichi 25-iyun kuni yakunlanadi.

 

Hududlar kesimida abituriyentlar soni
Hudud Soni Ulushi
Toshkent shahri 94 431 16,9%
Samarqand viloyati 60 211 10,8%
Farg‘ona viloyati 60 184 10,8%
Qashqadaryo viloyati 49 498
Andijon viloyati 48 429
Namangan viloyati 41 288
Surxondaryo viloyati 39 733
Xorazm viloyati 37 814
Jizzax viloyati 29 262
Buxoro viloyati 27 264
Navoiy viloyati 27 223
Qoraqalpog‘iston Respublikasi 25 737
Sirdaryo viloyati 17 977
Nurafshon shahri (Toshkent viloyati) 4 643 0,8%

«`