Ixtisoslashtirilgan maktablarning 9-sinf bitiruvchilari uchun tanlov fanlaridan tushadigan test variantlar e’lon qilindi

Ixtisoslashtirilgan maktablarning 9-sinf bitiruvchilari uchun tanlov fanlaridan tushadigan test variantlar e’lon qilindi

Xabaringiz bor, agentlik tizimidagi maktablarning o‘quvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.

 

Ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarning 9-sinf o‘quvchilari uchun tanlov fanlaridan oʻtkaziladigan test variantlarini aniqlash boʻyicha qurʼa tashlandi.

 

Bunda ixtisoslashtirilgan maktablar oʻquvchilari tanlov fanlaridan 7 va 1-variantlar asosida imtihon topshirishlari maʼlum boʻldi.

 

Maʼlumot uchun: Yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlardan imtihon belgilangan kundan bir kun oldin qurʼa tashlash yoʻli bilan (yozma shaklda oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha) shakllantirilgan variantlar orasidan 2 ta variant tanlab olinadi.

 

Avvalroq, davlat maktablarida 11-sinflar uchun tanlov fanlaridan yakuniy davlat attestatsiyasida tushadigan test variantlar e’lon qilingandi.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish