Xabaringiz bor, jadval bo‘yicha 12–15-iyun kunlari 11-sinf bitiruvchilari uchun tanlov fanlaridan yakuniy davlat imtihoni bo‘lib o‘tadi.
11-sinf bitiruvchilari uchun tanlov fanlari (fizika, kimyo, biologiya, geografiya, davlat huquq asoslari, ona tili va adabiyoti (qardosh tillar), chet tili)dan oʻtkaziladigan test variantlarini aniqlash boʻyicha qurʼa tashlandi.
Bunda oʻquvchilar 12–15-iyun kunlari tanlov fanlaridan 4 va 1-variantlar asosida imtihon topshirishlari maʼlum boʻldi.
Maʼlumot uchun: Yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlardan imtihon belgilangan kundan bir kun oldin qurʼa tashlash yoʻli bilan (yozma shaklda oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha) shakllantirilgan variantlar orasidan 2 ta variant tanlab olinadi.
Avvalroq, 9 va 11-sinf bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi tartibi haqida xabar berilgandi.
