Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq 465 ta lavozim ro‘yxati tasdiqlandi

Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq 465 ta lavozim ro‘yxati tasdiqlandi

Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasbiy va oliy ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat bilan bog‘liq hisoblangan 465 ta lavozimning rasmiy ro‘yxati tasdiqlandi. Ro‘yxatdan professor, dotsent, o‘qituvchi, metodist, tarbiyachi va boshqa qator pedagogik lavozimlar o‘rin olgan.

 

Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 9-iyun kuni Pedagogik faoliyat bilan bogʻliq lavozimlar ro‘yxati davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

 

Ushbu roʻyxatda maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta-maxsus, kasbiy va oliy taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan 465 ta pedagogik faoliyat bilan bogʻliq lavozimlar belgilangan.

 

Shu jumladan, professor, dotsent, katta oʻqituvchi, kichik oʻqituvchi, metodist, tarbiyachi, yoʻriqchi, uslubchi va boshqalar pedagogik lavozimlar hisoblanadi.

 

Maʼlumot uchun, ‘‘Pedagogning maqomi toʻgʻrisida’’gi Qonunning 3-moddasiga muvofiq taʼlim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida taʼlim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi hamda tegishli maʼlumotga, kasbiy tayyorgarlikka va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega boʻlgan jismoniy shaxs pedagogdir.

 

Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxati — faylni yuklash