2026-yil aprel-may oylarida o‘tkazilgan ona tili va adabiyoti fanidan milliy sertifikat imtihoni natijalari bosqichma-bosqich e’lon qilinmoqda.
Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 2026-yil 25-, 26-, 27-aprel hamda 2-, 3-, 4-, 11-, 12,-13- va 25-may kunlari kunlari Ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkazilgan edi.
Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etilgan.
Ularda jami 230 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 143 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatilgan.
Ayni vaqtda imtihon natijalari bosqichma-bosqich e’lon qilinmoqda.
Talabgorlar o‘z natijalarini @milliy_sertifikat_natijabot orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.
