“Odam qilgan ishni odam qiladi”: muddatidan oldin talaba bo‘lgan qashqadaryolik abituriyent qiz bilan suhbat

“Odam qilgan ishni odam qiladi”: muddatidan oldin talaba bo‘lgan qashqadaryolik abituriyent qiz bilan suhbat

Qashqadaryo viloyatida yashovchi Jasmina Maxmasalayeva o‘z tengdoshlari orasida nafaqat yuqori natijalari, balki qat’iyati va mehnatsevarligi bilan ham ajralib turadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ U bir nechta fandan sertifikatlar olib, muddatidan avval talabalikni naqd qildi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Qashqadaryo viloyati Muborak tumanidagi 28-maktabning 11-sinf bitiruvchisi Jasmina Maxmasalayeva CEFR B2, o‘zbek tili va adabiyoti B+, matematika B+ hamda tarix fanidan B darajali milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritib, muddatidan oldin talaba bo‘ldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Talimxabarlari.uz sayti muxbiri mazkur o‘quvchi bilan sertifikatga tayyorgarlik jarayoni va rejalari haqida suhbatlashdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Jasminaning muvaffaqiyat yo‘li ilm-ma’rifat qadrlanadigan oilaviy muhitdan boshlangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ U o‘z oilasini ziyolilar oilasi deb ta’riflaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Bizning oilamizda hamma o‘qishga qiziqadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Shunday muhitda ulg‘ayganman.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Sertifikat olish g‘oyasi 9-sinfda paydo bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Ungacha matematika fanidan olimpiadalarda qatnashardim, — deydi u.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Ilk sinovga kirish ham aynan ingliz tilidan bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Jasmina o‘z bilim darajasini aniqlash maqsadida sertifikat muddati universitetga topshirish vaqtigacha yetmasligini bilsa-da, imtihon topshirishga qaror qiladi va birinchi urinishdayoq CEFR B2 (53) darajasini qo‘lga kiritadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Oradan bir yil o‘tib esa natijasini yanada yaxshilab, B2 (63) darajasiga erishadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Reading bo‘limida 75 balldan 75, Listening bo‘limida esa 72 balldan 75 natija qayd etib, deyarli mukammal ko‘rsatkichlarni namoyish etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Keyinchalik u kutilmaganda o‘z yo‘nalishini o‘zgartiradi va asosiy fan sifatida ona tili hamda adabiyotga jiddiy e’tibor qaratadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Ona tili faniga deyarli noldan tayyorlandim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Ingliz tiliga 3 oy, ona tiliga 4 yarim oy, matematikaga bir yarim oy, tarixga esa 2 oy vaqt ajratdim, — deydi u.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

“Har kuni ertangi kun uchun reja tuzardim”

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Ushbu natijalarga erishishda repetitorlar va maktabdagi ustozlarning hissasi katta bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Biroq Jasminaning fikricha, muvaffaqiyatning asosiy siri tartib va intizomda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Har kuni kechqurun ertangi kun uchun reja tuzish uning odatiga aylangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Aynan shu usul unga vaqtni to‘g‘ri taqsimlash va har bir daqiqadan unumli foydalanishda yordam bergan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Men uchun eng samarali usul — rejalashtirish bo‘lgan. Har kuni nima qilishim kerakligini oldindan belgilab qo‘yardim va unga qat’iy amal qilardim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Maktab darslari va sertifikatga tayyorgarlikni birgalikda olib borish ham oson kechmagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Jasmina ayrim kunlari 10 soatdan ortiq dars qilganini eslaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Shuningdek, u o‘zini ingliz tilidagi “night owl” — ya’ni tungi faol insonlar toifasiga kiritadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Kechki vaqt uning eng samarali o‘qish vaqti bo‘lganini eslaydi:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Ingliz tilida ibora bor “night owl” va “early bird”. Men “night owl” sirasiga kirardim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Kechqurun samaraliroq dars qilardim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Maktabdan kelib, darrov tayyorgarlikka ketardim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Undan kelib, ozgina dam olib keyin darslarimni boshlardim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Shu bilan tong sahargacha dars qilgan kunlarim ham bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Shu o‘rinda Jasmina ota-onasiga alohida minnatdorlik bildiradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

“Har bir qiyinchilik ortidan yengillik bor” deganlaridek, shu o‘rinda ota-onamga rahmat aytmoqchiman.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Yaratib bergan sharoitlari uchun boshim yerga tekkuncha ta’zimdaman, — deydi u.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

“Tushkunlikka tushmang, sertifikat sizning joningiz emas”

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Yuqori natijalar ortida ko‘pincha hech kim ko‘rmaydigan ruhiy kurashlar ham yashirinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ O‘quvchi ham tayyorgarlik davrida kuchli stressni boshdan kechirganini yashirmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Ayniqsa, ona tili va tarix fanlariga tayyorlanish jarayonida bosim kuchli bo‘lgan. Asosiy faniga kech kirishgani sababli vaqt yetmay qolishidan xavotirlangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Bunday paytlarda esa unga eng katta dalda oilasi va ustozlaridan kelgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Qolganlarga ham maslahat: tushkunlikka tushmang, sertifikat sizning joningiz emas.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Natija muhim, lekin undan ham muhimi sog‘liq, — deydi u.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

“Odam qilgan ishni odam qiladi”

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Jasminaning fikricha, yuqori ball olish uchun eng avvalo diqqatni jamlash zarur.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Test davomida chalg‘imaslik, noto‘g‘ri variantlarni tezda chiqarib tashlash va mantiqiy fikrlash yaxshi natijaga olib keladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Telefon xohlasangiz ham, xohlamasangiz ham chalg‘itadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Inson kelajagini o‘ylab, unga o‘zi chegara qo‘ya olishi kerak.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Men telefondan faqat darslarim uchun foydalanganman.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Bugungi kunda u ko‘plab tengdoshlariga namuna bo‘layotgan bo‘lsa-da, muvaffaqiyatning asosiy omili sifatida iste’dodni emas, mehnatni ko‘rsatadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Qiyin, lekin uddalasa bo‘ladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Odam qilgan ishni odam qiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Muhimi, yo‘lda to‘xtab qolmaslik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Men o‘zimga shunday shior qo‘ygan edim: ikki oy tinimsiz mehnat qilasan va keyin natijasini ko‘rasan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Yoki ikki oy vaqtni bekor o‘tkazib, keyinchalik afsuslanib yurasan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Men shunga amal qilib, o‘zimga chegara qo‘ya olganman.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Har darsdan chalg‘ishganida ota-onasiga bir qarash kifoya.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Ular issiqni issiq, sovuqni sovuq demay charchadim demay, biz farzandlar uchun jonlarini fido qilib ishlashyaptimi, biz “charchadim” deyishga haqqimiz yo‘q, — deydi u.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

“Men hali yangi marralar sari intilyapman”

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Jasminaning yutuqlari sertifikatlar bilan cheklanmaydi. U Rossiyaning nufuzli TOP universitetlaridan biriga grant asosida muddatidan oldin talabalikka qabul qilingan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Biroq u ta’limni O‘zbekistonda davom ettirishni afzal ko‘rishini ta’kidladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Kelgusida esa O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Chet tillar filologiyasi yo‘nalishida tahsil olishni rejalashtirmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Bundan tashqari, Jasmina yosh bo‘lishiga qaramay ijod bilan ham shug‘ullanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Uning 3 ta kitobi taniqli internet platformalarida savdoga qo‘yilgan, mualliflik maqolalari esa 5 ta davlatda chop etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Hozirda u yana bir xorijiy tilni o‘rganmoqda, badiiy adabiyot mutolaa qiladi, sog‘lom turmush tarziga amal qiladi va o‘z bilimlarini tengdoshlari bilan bo‘lishishga harakat qilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Jasminani o‘qishlariga muvaffaqiyat tilab qolamiz!⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Avvalroq, 5 ta fandan milliy sertifikat olib muddatidan oldin talaba bo‘lgan buxorolik o‘quvchi bilan suhbatlashgan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠