2025-2026-oʻquv yilida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlar uchun qurʼa tashlash tadbirlari o‘tkazilmoqda. Jadval bo‘yicha 5-iyun kuni 11-sinf bitiruvchilari uchun matematika fanidan yakuniy davlat imtihoni bo‘lib o‘tadi.
11-sinf bitiruvchilari uchun Matematika (Asosiy/Chuqurlashtirilgan) fanidan oʻtkaziladigan test variantlarini aniqlash boʻyicha qurʼa tashlandi.
Bunda oʻquvchilar ertaga, 5-iyun kuni 1 va 7-variantlar asosida imtihon topshirishlari maʼlum boʻldi.
Maʼlumot uchun: Yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlardan imtihon belgilangan kundan bir kun oldin qurʼa tashlash yoʻli bilan (yozma shaklda oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha) shakllantirilgan variantlar orasidan 2 ta variant tanlab olinadi.
11-sinf matematika fanidan metodik materiallar — Faylni yuklash
Avvalroq, 9 va 11-sinf bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi tartibi haqida xabar berilgandi.
