‘‘Prezident iqtidorli farzandlari’’ milliy dasturiga qabul kvotasi va imtihon sanasi tasdiqlandi

‘‘Prezident iqtidorli farzandlari’’ milliy dasturiga qabul kvotasi va imtihon sanasi tasdiqlandi

“Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturiga 2026–2027 o‘quv yili uchun qabul kvotasi va saralash imtihoni sanasi tasdiqlandi. Bu haqda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi ma’lum qildi.

 

Dastur doirasida 14 hudud bo‘yicha jami 1500 ta o‘rin ajratilgan.

 

Hududlar kesimida kvotalar quyidagicha:

 

— Qoraqalpog’iston Respublikasi — 140

— Andijon viloyati — 120

— Buxoro viloyati — 110

—  Farg’ona viloyati — 150

— Jizzax viloyati — 100

— Namangan viloyati — 98

— Navoiy viloyati — 60

— Qashqadaryo viloyati — 120

— Samarqand viloyati — 140

— Sirdaryo viloyati — 80

— Surxondaryo viloyati — 106

— Toshkent viloyati — 120

— Xorazm viloyati — 100

— Toshkent shahri — 56

 

Ariza qabul qilish muddati: 2026-yil 15-maydan 4-iyungacha davom etadi. Ariza onlayn shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali qabul qilinadi.

 

Saralash imtihoni — 2026-yil 2-iyul.

 

Eslatib o’tamiz: dasturga qabul imtihonlari bo’yicha spetsifikatsiya avvalroq e’lon qilingan edi. Spetsifikatsiya bilan quyida tanishingiz mumkin:

 

10-sinf Ingliz tili

10-sinf Matematika