Huquqni muhofaza qilish akademiyasining magistratura bosqichiga qabul e’lon qilindi

Huquqni muhofaza qilish akademiyasining magistratura bosqichiga qabul e’lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida 2026/2027-o‘quv yili uchun magistratura bosqichiga qabul e’lon qilindi.

 

Qabul “Tergov faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi.

 

Mazkur yo‘nalishga surishtiruv va tergov faoliyatini amalga oshiruvchi davlat organlari hamda prokuratura tizimida kamida 3 yil ish stajiga ega, “Yurisprudensiya” yo‘nalishi bo‘yicha bazaviy oliy yuridik ma’lumotga ega amaldagi xodimlar (shu jumladan harbiy xizmatchilar) qabul qilinadi.

 

Magistraturaning “Tergov faoliyati” mutaxassisligi boʻyicha oʻqitish bepul asosda amalga oshiriladi.

 

Oʻqishga qabul qilingan xodimlarning egallab turgan lavozimi va oʻrtacha oylik ish haqi oʻqish davri mobaynida saqlab qolinadi.

 

Nomzodlardan hujjatlar 10 maydan 10 iyunga qadar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining “my.uzbmb.uz” elektron platformasi orqali qabul qilinadi.

 

Kirish imtihonlari avgust oyida uch bosqichda o‘tkaziladi:

 

  • test shaklidagi maxsus psixologik tanlov;
  • yozma imtihon (esse);
  • chet tili bo‘yicha test sinovi.

 

Shuningdek, Akademiyaning boshqa magistratura mutaxassisliklari, jumladan “Prokurorlik faoliyati”, “Korruptsiyaga qarshi kurashish”, “Inson huquqlariga oid xalqaro huquq” hamda “Kiberxavfsizlikni huquqiy ta’minlash” yo‘nalishlariga qabul 10 iyundan 31 iyulgacha davom etadi.