Surxondaryoda sobiq kollej negizida yangi texnikum tashkil etiladi

Surxondaryoda sobiq kollej negizida yangi texnikum tashkil etiladi

Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida yangi Qiziriq tumani 3-son texnikumi tashkil etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorida belgilangan.

 

Unga ko‘ra, mazkur texnikum tumandagi sobiq Qiziriq iqtisodiyot kolleji negizida tashkil etilib, kollejning bino va inshootlarda faoliyat yuritadi.

 

Texnikumga o‘quvchilar davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi. Oʻquv jarayoni boshlang‘ich, oʻrta va o‘rta maxsus mutaxassis kasbiy ta’lim dasturlari asosida tashkil etiladi.

 

Yangi texnikumning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

 

iqtisodiyot tarmoqlarida oʻrta boʻgʻin kadrlarga talab yuqori boʻlgan kasb va mutaxassisliklar boʻyicha kadrlar tayyorlash;

 

— oʻrta boʻgʻin kadrlari tayyorlashda ichki va tashqi mehnat bozorida takliflarni oʻrganish, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlash hamda dual taʼlim shaklida kadrlar tayyorlashni kengaytirish;

 

— kadrlar tayyorlash jarayoniga korxona va tashkilotlarning soha mutaxassislari, malakali xorijiy mutaxassislar hamda oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilarini jalb qilish;

 

qoʻshma va xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish orqali tashqi mehnat bozori ehtiyojlari asosida kadrlar tayyorlashni kengaytirish;

 

— mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblar boʻyicha ishsiz va band boʻlmagan aholini qisqa muddatli kasblarga hamda xorijiy tillarga oʻqitish;

 

— tegishli kasbiy taʼlim darajalari boʻyicha kadrlar tayyorlash uchun zarur moddiy-texnik va oʻquv-metodik bazani yaratish.

 

Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-mayga qadar texnikumning ustavi tasdiqlanadi, davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi va 2026/2027 o‘quv yili uchun qabul parametrlari belgilanadi.

 

Bundan tashqari, 2026-yil 1-oktyabrdan boshlab texnikumga o‘qishga qabul qilingan, xorijda ishlash istagidagi o‘quvchilar uchun ingliz, nemis, koreys, yapon va rus tillari o‘qitilishi yo‘lga qo‘yiladi.

 

Bunda oʻqitish xarajatlari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining Migratsiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.