2026–2027-o‘quv yili uchun texnikumlarga xalqaro ta’lim dasturlari bo‘yicha qabul parametrlari tasdiqlandi

2026–2027-o‘quv yili uchun texnikumlarga xalqaro ta’lim dasturlari bo‘yicha qabul parametrlari tasdiqlandi

Joriy yilning 13-14-aprel kunlari Germaniyada o‘tkazilgan Kasbiy ta’lim forumi natijalari hamda Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan 9-sinf bitiruvchilari va kamida umumiy o‘rta ma’lumotga (11-sinf) ega bo‘lganlarni kasb va mutaxassisliklarga o‘qitish uchun qabul parametrlari belgilandi.

 

Unga ko‘ra, 100 ta texnikumga kunduzgi ta’lim shaklida 34 ta kasb bo‘yicha jami 8 350 ta qabul kvotasi tasdiqlangan:

 

— 9-sinf bitiruvchilari uchun — 4 590 ta;

 

— umumiy o‘rta ma’lumotga (11-sinf) ega bo‘lganlar uchun — 3 760 ta.

 

Shuningdek, umumiy kvotaning 580 tasi Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlari uchun ajratilgan.

 

Qabul parametrlari to‘liq davlat granti asosida shakllantirilgan.

 

Xalqaro ta’lim dasturlariga (umumiy oʻrta taʻlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari negizida) kunduzgi taʻlim shaklidagi qabul parametrlari — Faylni yuklash

 

Ilgʻor kasbiy mahorat texnikumlarga (umumiy oʻrta taʻlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari negizida) kunduzgi taʻlim shaklidagi qabul parametrlari — Faylni yuklash

 

Xalqaro ta’lim dasturlariga (kamida umumiy oʻrta maʻlumot negizida) kunduzgi taʻlim shaklidagi qabul parametrlari — Faylni yuklash

 

Ilgʻor kasbiy mahorat texnikumlarga (kamida umumiy oʻrta maʻlumot negizida) kunduzgi taʻlim shaklidagi qabul parametrlari — Faylni yuklash