“Yil oʻqituvchisi” tanlovining ikkinchi bosqich apellyatsiya natijalari e’lon qilindi

“Yil oʻqituvchisi” tanlovining ikkinchi bosqich apellyatsiya natijalari e’lon qilindi

Xabaringiz bor, joriy yilning fevral oyida O‘zbekistonning barcha hududlarida “Yil oʻqituvchisi” tanlovining ikkinchi bosqich sinovlari bo‘lib o‘tgandi. 5-mart kuni esa “Yil o‘qituvchisi” ko‘rik tanlovining ikkinchi bosqich natijalari e’lon qilinib, apellyatsiya yuborish boshlangan edi.

 

Unda tanlovning dastlabki bosqichi natijalariga ko‘ra saralab olingan 624 nafar pedagog ishtirok etdi. Mazkur bosqichda nomzodlarning o‘z fanidan dars o‘tish mahorati belgilangan mezonlar asosida baholandi. Jumladan:

 

  • hakamlar hay’ati tomonidan — 60 ballik tizimda;
  • tegishli tuman (shahar)da faoliyat yurituvchi pedagoglar tomonidan (ovoz berish orqali) — 40 ballik tizimda baholash amalga oshirildi.

 

Ma’lumot uchun, tanlov ishtirokchilarining ochiq darslari bo‘yicha qo‘yilgan baholar yuzasidan kelib tushgan apellyatsiya murojaatlari joriy yilning 5-mart sanasidan boshlab 3 (uch) ish kuni davomida qabul qilingan.

 

Apellyatsiya komissiyasi qarorlari pedagog.uzedu.uz maxsus platformadagi shaxsiy kabinetlari orqali nomzodlarga yetkazildi.

 

Eslatma: tanlovning uchinchi bosqichini o‘tkazish muddatlari va shartlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.