Hozirgi bolalar eshitilishni xohlaydi: ota-onalar uchun 6 muhim tavsiya

Hozirgi bolalar eshitilishni xohlaydi: ota-onalar uchun 6 muhim tavsiya

Zamonaviy oilaviy tarbiyada hanuzgacha “Kattalar gapirganda jim tur”, “Fikringni aytishga hali kichkinasan” kabi iboralar uchrab turadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Ta’limni rivojlantirish markazi tomonidan taqdim etilgan materialda bunday yondashuv bolaning o‘ziga bo‘lgan ishonchini pasaytirishi va uning fikri qadrsiz ekani haqidagi tasavvurni shakllantirishi ta’kidlangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Doimiy ravishda fikrining inkor etilishi esa uni ichki jihatdan yopiq, tashabbussiz va mas’uliyatdan qochadigan shaxsga aylantirishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Natijada, bola o‘z nuqtayi nazarini himoya qilish, muzokara olib borish va shaxsiy chegaralarini belgilash ko‘nikmalarini rivojlantira olmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Ta’limni rivojlantirish markazi mutaxassislari ota-onalarga bolalarni eshitish va ularga fikr bildirish imkonini berish zarurligini tavsiya etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Bolalarning fikri har doim to‘g‘ri bo‘lmasligi mumkin, biroq bola o‘z ovozi qadrli ekanini his qilishi muhim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Ota-onalar nima qilishi kerak?

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Tarbiyada ota-onalar “Men kattaman – demak, men haqman” degan pozitsiyadan “Men yo‘lboshchi va hamkorman” degan pozitsiyaga o‘tish — zamonaviy ota-onalar oldidagi asosiy vazifasi hisoblanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Bu yondashuvni amalda qo‘llashga yordam beradigan qadamlar:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

  1. “Oilaviy kengash” ni joriy eting. Haftada bir marta butun oila jam bo‘lib, kechki ovqat menyusidan tortib ta’til uchun joy tanlashgacha bo‘lgan rejalarni birga muhokama qiling.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Bu qanday ishlaydi: Bolaga kattalar bilan teng fikr bildirish huquqini bering.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Agar uning g‘oyasini amalga oshirish imkonsiz bo‘lsa (masalan, «Marsga uchishni xohlayman» desa), uni masxara qilmang, aksincha nimalar to‘sqinlik qilishini birga muhokama qiling: byudjet, vaqt yoki imkoniyat.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Bu bolani o‘z takliflari uchun mas’uliyatli bo‘lishga o‘rgatadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

  1. “Chunki men shunday dedim” demang, ‘‘Nega?’’ligini tushuntiring. Hozirgi avlod bolalari tanqidiy fikrlaydi, ular ko‘r-ko‘rona bo‘ysunishni qabul qilmaydi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Bu qanday ishlaydi: Agar biror narsani taqiqlasangiz, sababini xavfsizlik yoki mantiq bilan asoslab bering.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Bola sabab-oqibat bog‘liqligini tushunganida, qoidalarga ko‘proq amal qiladi, chunki u o‘z aqli va fikri hurmat qilinayotganini his qiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

  1. Mas’uliyat yuklang.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Bolaga ma’lum masalalarda o‘zi qaror qabul qilishiga imkon bering.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Bu qanday ishlaydi: Qaysi to‘garakka borishni o‘zi tanlasin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Bu bolada ‘‘men o‘z hayotimga ta’sir o‘tkaza olaman’’ degan ishonchni shakllantiradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

  1. Diqqat bilan tinglang. Ko‘pincha ota-onalar bolani faqat javob berish yoki tuzatish uchun tinglaydi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Bu qanday ishlaydi:  “aks ettirish” (oynadek qaytarish) usulidan foydalaning:  “Men to‘g‘ri tushundimmi, biz botanika bog‘iga bormaganimiz uchun xafa bo‘ldingmi?”⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Bola uni rostan ham eshitishganini his qilsa, o‘z fikriga e’tibor qaratish uchun baqirishga yoki injiqlik qilishga hojat qolmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

  1. Xatoyingizni tan oling.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Kattalar va bolalar o‘rtasidagi chegaralar o‘zgarib borayotgan hozirgi zamonda, obro‘ — samimiylik ustiga quriladi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Bu qanday ishlaydi: Agar nohaq bo‘lsangiz yoki qattiq gapirib yuborsangiz, uzr so‘rang.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Bu obro‘yingizni to‘kmaydi, aksincha, bolaga to‘g‘ri o‘rnak bo‘ladi: xato qilish — normal holat, muhimi uni tuzata olishdir.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

  1. Fikrni asoslashga o‘rgating.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Bolalar bahs-munozarada qatnashishni istayaptimi, demak, buni to‘g‘ri bajarishni o‘rgatish kerak.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Bu qanday ishlaydi: Agar bola biror narsani xohlasa, unga o‘z istagini yoqlab 3 ta dalil keltirishni taklif qiling.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Bu mantiqni va kelajakda (ayniqsa 2026-yildan keyingi davrda) suv va havodek zarur bo‘ladigan muzokara ko‘nikmasini rivojlantiradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Bolaga ovoz huquqini berish nazoratni yo‘qotish degani emas.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Aksincha, bu oilada o‘zaro ishonchni mustahkamlaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Shunday muhitda ulg‘aygan farzand o‘smirlik davrida ham ota-onasidan uzoqlashmaydi, muammolarini ko‘chadan emas, aynan o‘z uyidan hal etishga intiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Avvalroq, bolada emotsional intellektni rivojlantirish va ota-onalarga bu borada beriladigan metodik tavsiyalar haqida yozilgan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠