Yangiyo‘lda 5-sinf oʻquvchisi itlar hujumiga uchradi (video)

Yangiyo‘lda 5-sinf oʻquvchisi itlar hujumiga uchradi (video)

17-yanvar kuni Toshkent viloyati Yangiyoʻl shahrida 5-sinf oʻquvchisi maktabga ketayotganida daydi itlar hujumiga uchragan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Guvohlarning soʻzlariga koʻra, bir guruh itlar bolaga hujum qilib, uni bir necha metr sudrab borgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bola zudlik bilan shifoxonaga olib borilib, shoshilinch jarrohlik amaliyoti oʻtkazilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Uning yuz, bosh, qoʻl va oyoq sohalari jarohatlangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shifokorlarning ma’lum qilishicha, bolaga barcha zarur tibbiy yordam koʻrsatilgan, u bir sutka reanimatsiyada boʻlgan va hozirda ahvoli yaxshi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bola quturish va qoqsholga qarshi emlangan, shuningdek, psixologik yordam ham olmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Kelgusida plastik jarrohlik amaliyotlari rejalashtirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mahalla aholisi ushbu hududda daydi itlar muammosi oldin ham mavjud bo‘lganini aytmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Hodisadan so‘ng shahar obodonlashtirish va veterinariya xizmatlari tomonidan nazorat kuchaytirilib, qisqa vaqt ichida 60 dan ortiq daydi it tutilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ular veterinariya bo‘limida karantinga joylashtirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ularda quturish alomatlari aniqlanmagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Masʼullarning ma’lum qilishicha, aholidan murojaatlar koʻp boʻlib, barcha mahallalarda bu boradagi ishlar davom ettiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Yangiyoʻl shahar aholisi tomonidan boqilayotgan 3271 bosh it, 500 bosh mushuk Yangiyoʻl shahar veterinariya boʻlimi xodimlari tomonidan belgilangan reja asosida quturish kasalligiga qarshi uyma-uy yurib, emlash ishlari davomli olib borilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠