Xotin-qizlar uchun foizsiz taʼlim kredit ajratish tartibi

Prezidentining Farmoni (27.05.2024-yildagi PF-82-son) bilan 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qarorga  o‘zgartirish kiritildi. Unga ko‘ra endilikda faqat kunduzgi ta’lim shaklida oʻqiyotgan xotin-qizlarga imtiyozli foizsiz taʼlim krediti beriladi.

 

Kredit kimlarga beriladi?

 

– Oʻzbekistondagi barcha oliy taʼlim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlar filiallari);
– Oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.).

 

Ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’lim shakli uchun beriladi!

 

14 foizda berilar ekan-ku, nega foizsiz deyilyapti?

 

Toʻgʻri, taʼlim krediti aslida 14 foizlik stavkada beriladi. Ammo bu foiz qismini xotin-qizlar toʻlamaydi, davlat toʻlab beradi.

 

Toʻlash qachondan boshlanadi?

 

Taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng yettinchi oydan boshlab (yaʼni olti oy oʻtib) 7 yil davomida qaytariladi.

 

Qanday hujjatlar kerak?

– bankka ariza;
– shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
– taʼlim muassasasi bilan toʻlov-kontrakt shartnomasi;
– talabaning doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan oila aʼzolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti boʻyicha hujjat.

 

“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan taʼlim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры