Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Xoliqulov O‘tkir Mirzakamolovich Olmaliq davlat texnika instituti rektori etib tayinlandi.
O‘. Xoliqulov tayinlovga qadar Olmaliq davlat texnika instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimida faoliyat yuritgan.
Avvalroq, Jollibekov Berdiyar Baxtiyarovich Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.
