Qaysi OTMlar kontraktini o‘zi belgilashi mumkin? To‘liq ro‘yxat - Ta’lim xabarlari
Qaysi OTMlar kontraktini o‘zi belgilashi mumkin? To‘liq ro‘yxat

Prezident qarori bilan moliyaviy mustaqillik berilayotgan davlat oliy ta’lim muassasalarining ro‘yxati tasdiqlangan. Mazkur davlat oliy ta’lim muassasalari quyidagilar bo‘yicha mustaqil qaror qabul qilishi mumkin:

 

 

–  kontrakt qiymatini, to‘lash muddatlarini belgilash va uzaytirish;

– mahalliy va xorijiy professor-o‘qituvchi va mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish;

– o‘z hisobidan talabalar uchun stipendiya va grantlar ajratish;

– xorijiy o‘quv va ilmiy adabiyotlar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilish;

– bo‘sh turgan bino va inshootlarda pullik xizmatlar ko‘rsatish tartibini belgilash;

– avtotransport vositalarining yo‘l bosish yillik limiti va ularga xizmat ko‘rsatish talablarini belgilash.

 

 

Quyidagi oliygohlar moliyaviy mustaqil hisoblanadi:

 

1. Samarqand davlat chet tillar instituti

2. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

3. Toshkent davlat yuridik universiteti

4. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

5. Toshkent moliya instituti

6. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

7. Toshkent farmatsevtika instituti

8. Toshkent davlat transport universiteti

9. Urganch davlat universiteti

10. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

11. Andijon mashinasozlik instituti

12. Toshkent kimyo-texnologiya instituti

13. Samarqand davlat universiteti

14. O‘zbekiston Milliy universiteti

15. Toshkent davlat texnika universiteti

16. Toshkent tibbiyot akademiyasi

17. Qoraqalpoq davlat universiteti

18. Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti

19. Buxoro davlat universiteti

20. Buxoro davlat tibbiyot instituti

21. Samarqand davlat tibbiyot universiteti

22. Qarshi davlat universiteti

23. Termiz davlat universiteti

24. Toshkent davlat agrar universiteti

25. Guliston davlat universiteti

26. O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

27. Namangan davlat universiteti

28. Farg‘ona davlat universiteti

29. Geologiya fanlari universiteti

30. Andijon davlat universiteti

31. Andijon davlat tibbiyot instituti

32. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

33. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti

34. Toshkent davlat stomatologiya instituti

35. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

36. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti

37. “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti

38. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti

39. Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti

40. Soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institut

 

 

Shuningdek, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetitada yangi o‘quv yili uchun kontrakt miqdori oshganligini ma’lum qilgan edik.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры