2026-yildan Rossiyada migrantlar uchun imtihonlar toʻliq elektron formatda oʻtkaziladi

2026-yildan Rossiyada migrantlar uchun imtihonlar toʻliq elektron formatda oʻtkaziladi

Rossiyada 2026-yil 1-yanvardan boshlab xorijiy fuqarolarning rus tili, Rossiya tarixi va mamlakat qonunchiligidan bilimini tekshirish to‘liq elektron formatga o‘tkaziladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu haqda “RIA Novosti” xabar bergan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Hozirda ushbu chora-tadbirni taʼminlash boʻyicha tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Mazkur yangilik imtihon jarayoni shaffofligini oshirish va bilimlarni baholashda inson omilni minimallashtirishga qaratilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, oʻzgarishlar doirasida imtihon savollarini har oy yangilab borish hamda ularning javoblarini ochiq manbalarda joylashtirish amaliyotidan voz kechish nazarda tutilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bugungi kunda imtihon topshirish imkoniyati Rossiyaning barcha hududlarida va uning tashqarisida joylashgan 203 ta punktda tashkil etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Chet el fuqarolari uchun rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi asoslari boʻyicha imtihonlarni oʻtkazish sohasida nazorat va kuzatuv Rosobrnadzor tomonidan amalga oshiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠