Alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun koʻp funksional inklyuziv-resurs maktablari tashkil etiladi

Alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun koʻp funksional inklyuziv-resurs maktablari tashkil etiladi

“Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga sifatli taʼlim olish imkoniyatini yaratish, ularni jamiyatga integratsiya qilish va individual rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (818-son, 24.12.2025-y.) qabul qilindi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Qarorga koʻra, Toshkent shahrida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi Koʻp funksional inklyuziv-resurs markazi (Inklyuziv markaz) va Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 1 tadan alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab yoki maktab-internatlar negizida Koʻp funksional inklyuziv-resurs maktablari tashkil etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

2026/2027 oʻquv yilidan Inklyuziv markaz tarkibida tajriba-sinov tariqasida inklyuziv-korreksion maktab faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Unda boshlangʻich sinflar uchun oʻquvchilarni moslashtirish, taʼlim va muloqot koʻnikmalarini shakllantirish hamda rivojlantirish, shuningdek, individual taʼlim rejasi asosida korreksion va qoʻshimcha mashgʻulotlarni oʻz ichiga olgan inklyuziv sinflar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Inklyuziv markazda umumtaʼlim maktablarining inklyuziv sinflarida taʼlim oluvchi nogironligi boʻlgan oʻquvchilar uchun asosiy maktabdagi darslariga qoʻshimcha fan, kasb va korreksion mashgʻulotlar yoʻlga qoʻyiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

2027-yil 1-yanvardan Inklyuziv markazda davlat taʼlim tashkilotlari maxsus pedagoglarining bilim va koʻnikmasini baholash uchun maxsus pedagoglarni kasbiy sertifikatlash tizimi joriy qilinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

2027/2028 oʻquv yilidan hududlarda bosqichma-bosqich Inklyuziv maktablar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠