Gulistonlik o‘quvchi bir vaqtning o‘zida bir necha universitetlarning grantini yutib oldi

Gulistonlik o‘quvchi bir vaqtning o‘zida bir necha universitetlarning grantini yutib oldi

Guliston shahar 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi Mirzaraxim Sobirjonov bir vaqtning o‘zida bir nechta universitetning grantini yutib, muddatdan oldin talaba bo‘ldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

U xalqaro miqyosda tan olingan ingliz tili bilim darajasini baholovchi IELTS imtihonida 6.5 ball natijani qayd etgan hamda SATdan 1420 ballik natijaga ega.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mirzaraxim Sobirjonov O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalaridan Diplomatiya universiteti va Yangi O‘zbekiston universitetiga grant asosida, shuningdek, Westminster universitetiga o‘qishga qabul qilingan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bundan tashqari, u AQShning bir qator nufuzli universitetlaridan ham yirik grantlarni qo‘lga kiritgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Jumladan:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

— New Western England University – 144,000$
— Wingate University – 126,000$
— Elmhurst University – 98,000$
— PACE University – 84,000$
— WIDENER University – 184,000$
— Elmira College – 100,000$
— Florida Institute of Technology – 70,000$
— Augustana University – 132,000$
— Susquehanna University – 180,000$⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Sobirova Dilafruz Salohiddin qizi AQShning nufuzli Garvard universitetiga Integrative Biology (integratsiyalashgan biologiya) yo‘nalishi bo‘yicha 100 foizlik grant asosida o‘qishga qabul qilinganligi haqida xabar bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠