OTMda oʻqiyotgan 2-kurs talabalari ham ishlashi mumkinmi?

OTMda oʻqiyotgan 2-kurs talabalari ham ishlashi mumkinmi?

Talabani ishlashiga hech qanday taqiq yo‘q.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu yerda talabaning nechanchi kursda o‘qishini ahamiyati yo‘q.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirining 9-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizomning 50-bandiga muvofiq, kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida ishlashi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Bundan kelib chiqadiki, talabalar bemalol ishlashlari mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Lekin mehnat qonunchiligiga ko‘ra, talaba faqat ta’limdan bo‘sh vaqtida ishlash huquqiga ega.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Faqat bir narsaga e’tibor qaratish kerakki, qonunchilik hujjatlarida alohida malaka, bilim va ko‘nikma talab qiladigan sohalar uchun alohida talablar mavjud.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-yanvardagi 10-son qaroriga 1-ilova “Davlat maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 7-1 bandiga ko‘ra, oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga pedagog sifatida tegishli lavozimlarga ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Nizomning 7-2 bandiga ko‘ra esa , oliy ta’lim muassasalarining pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi bo‘limlarning 3-4-kurslarida o‘qiyotgan shaxslar pedagogik faoliyatni amalga oshirishi mumkin va ularga o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy ta’rif stavkasi belgilanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Demak, agar shu sohada talaba o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotga ega bo‘lmasa, u holda 3-kursdan boshlab maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyatni amalga oshirishi mumkin va unga o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy ta’rif stavkasida maosh to‘lanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Agar shu sohada talabaning o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumoti bo‘lsa, u holda 2-kursdan ishlashi mumkin bo‘ladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Lekin, alohida malaka talab qilmaydigan boshqa sohalarda istalgan kursdan bemalol ishlash mumkin.     ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠