O‘zbekistonlik talaba dasturlash va innovatsion ilovalar bo‘yicha xalqaro tanlov sovrindori bo‘ldi

O‘zbekistonlik talaba dasturlash va innovatsion ilovalar bo‘yicha xalqaro tanlov sovrindori bo‘ldi

Sankt-Peterburg milliy tadqiqot universitetining Axborot texnologiyalari va dasturlash fakultetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik Karen Baratyans “Max” milliy messenjeri uchun chat-botlar va mini-ilovalarni ishlab chiqish bo‘yicha talabalar tanlovida “TinchTech” loyihasi bilan ikkinchi o‘rinni egalladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Tanlovning final bosqichi Moskvada bo‘lib o‘tgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Finalga “MAX” (Moskva xakatonlar akademiyasi) va “VK Education” ekspertlari tomonidan tanlangan 1,5 mingdan ortiq ishtirokchilardan iborat 56 ta jamoa chiqqan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Jamoalar 50 dan ortiq bot prototiplari va mini-ilovalarni taqdim etgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ “MAX” milliy messenjeri uchun chat-botlar va mini-ilovalar yaratish bo‘yicha birinchi talabalar xakatoni finali raqamlashtirish, samaradorlik va ijtimoiy trek yo‘nalishida bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

“VK Education” ta’lim loyihalari bo‘yicha vitse-prezident o‘rinbosari Anna Stepanova tanlovga bildirilgan qiziqish yuqori bo‘lganini ta’kidlagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Uning ma’lumotiga ko‘ra, kompaniya mamlakatning turli hududlaridan 2,7 mingdan ortiq arizalarni qabul qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, Stepanova ishtirokchilar tomonidan Max messenjeri uchun dolzarb va amaliy mini-ilovalar hamda chat-botlar ishlab chiqilganini qayd etgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Unga ko‘ra, eng yaxshi loyihalar milliy messenjer doirasida yanada rivojlantirilishi uchun VK tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠