Matematika fanidan Namanganda boʻlib oʻtgan milliy sertifikat imtihoni natijalari eʼlon qilindi

Matematika fanidan Namanganda boʻlib oʻtgan milliy sertifikat imtihoni natijalari eʼlon qilindi

Xabar berganimizdek,  2025-yil 23-noyabr kuni Namangan viloyatida matematika fanidan milliy sertifikat imtihoni qayta o‘tkazilgan edi.  Bo‘lib o‘tgan ushbu imtihon natijalari e’lon qilindi.

 

Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

 

Eslatib o‘tamiz, test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plangan ball asosida quyidagi tartibda sertifikat taqdim etiladi:

 

– 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;

 

– 65 – 69,9 ball — A daraja;

 

– 60 – 64,9 ball — B+ daraja;

 

– 55 – 59,9 ball — B daraja;

 

– 50 – 54,9 ball — C+ daraja;

 

– 46 – 49,9 ball — C daraja.

 

Avvalroq, milliy sertifikat imtihonlari yoki natijasidan norozi talabgorlar nima qilishi kerakligi haqida xabar bergan edik.