O‘zbekistonlik talabalar farmatsevtika bo‘yicha xalqaro olimpiadada faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik talabalar farmatsevtika bo‘yicha xalqaro olimpiadada faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti talabalari joriy yil 27-28-noyabr kunlari Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasida o‘tkazilgan nufuzli xalqaro fan olimpiadasida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Ushbu olimpiadada Belorussiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiyadan kelgan kuchli talabalardan iborat 9 jamoa ishtirok etib, ularni ichida o‘zbekistonlik talabalar guruhi 1-o‘rinni egallagan.

Mazkur olimpiadada farmatsiya yo‘nalishining 4-5-kurs talabalari jamoa bo‘lib qatnashgan.

Bular:

Yo‘ldoshev Otabek – 4 kurs

Xolmuxamedova Nigina – 4 kurs

Yusufjonov Abdurashid – 4 kurs

Quvvatova Zarinabonu – 5 kurs

Mamajonov Nuriddin – 5 kurs

Xalqaro olimpiada 5 ta fandan o‘tkazilgan: farmakologiya, farmakognoziya, farmatsevtik kimyo, farmatsiya menejmenti va iqtisodiyoti va farmatsevtika texnologiyasi.

‘‘Savollar o‘ziga yarasha qiyin bo‘ldi, lekin yutishimizni bilar edim. Chunki men o‘z jamoamga ishongan edim. Har bir ishtirokchi o‘ziga yarasha kuchli bilim egalari’’ – deydi jamoa sardori Abdurashid Yusufjonov.

Musobaqa 4 bosqichda bo‘lib o‘tgan:

1. tanishtiruv – bunda har bir jamoaning oʻz yurti va instituti haqida hikoya qiluvchi videorolik namoyish qilingan;

2. test sinovi – har bir ishtirokchi 50 ta savolga (5 ta fandan 10tadan savol) javob;

3. jamoaviy ishlash – 5 ta fandan savollar beriladi va ularga jamoaviy javob berish;

4. jamoa sardori uchun 10 talik blits savol-javob qismi.

Olimpiada Osiyo Fanlar Akademiyasi akademigi, Xalqaro Fanlar Akademiyasining Ozarbayjon bo‘limi akademigi, farmatsevtika fanlari doktori, professor Sagindikova Bayan Axmetovna tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazildi.

Shunday nufuzli musobaqada g‘olib chiqish – bu faqat bilim emas, bu jasorat, mehnat va terdan iborat ulkan yutuqdir! Ularni ushbu beqiyos g‘alaba bilan samimiy muborakbod etamiz.

Yutuqlaringiz yanada bardavom bo‘lsin, ilmiy salohiyatingiz yuksalsin, olamshumul muvaffaqiyatlar doim yo‘ldoshingiz bo‘lsin!