INSEAD va Portulans Institute tomonidan eʼlon qilingan Global Talent Competitiveness Index (GTCI) 2025 — jahon talant raqobatbardoshligi reytingida Oʻzbekiston ijobiy natija ko‘rsatdi.
Yangi hisobotga koʻra, Oʻzbekiston 2025-yilda dunyo boʻyicha 71-oʻrinni, “Markaziy va Janubiy Osiyo” mintaqasida 1-oʻrinni egalladi.
Bu koʻrsatkich mamlakatning talantlarni tayyorlash, jalb etish va ragʻbatlantirish borasidagi salohiyati ortib borayotganini anglatadi.
Mintaqada keyingi oʻrinlarda Qozogʻiston (72-oʻrin) va Qirgʻiziston (87-oʻrin) qayd etilgan.
GTCI 2025da mamlakatlar daromad guruhlari boʻyicha ham taqqoslangan. Ushbu boʻlimda Oʻzbekiston “quyi oʻrta daromadli mamlakatlar” orasidan 1-oʻringa chiqdi.
Avvalroq, O‘zbekistonning 6 ta universiteti fanlararo tadqiqotlar bo‘yicha dunyoning eng yaxshi 500 talik reytingiga kirgani haqida xabar bergan edik.
