Fargʻona shahrida Lola Murotova nomidagi qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan kasb-hunar maktabi tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasining tegishli (08.07.2024-yildagi 392-son) qaroriga muvofiq, Fargʻona shahrida Lola Murotova nomidagi qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan kasb-hunar maktabini tashkil etiladi.

 

Qarorga koʻra, 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab maktabga umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining 9-sinf bitiruvchilari oʻqishga qabul qilinadi va oʻquv jarayoni boshlangʻich professional taʼlim dasturlari asosida kunduzgi taʼlim shaklida amalga oshiriladi.

 

Maktab qoshida “Fermerlar maktabi” tashkil etilib, buyurtmachilar mablagʻlari hisobidan fermerlar malaka oshirish kurslari yoʻlga qoʻyiladi.

 

Taʼlim jarayonini boshqarish, shu jumladan, dars jadvali, oʻquvchilar baholarini qayd qilish, pedagog kadrlar oʻquv yuklamalarini belgilash va guruh jurnallarini yuritish toʻliq raqamlashtiriladi.

 

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda har yili 1-iyunga qadar maktabga oʻquvchilarni qabul qilish parametrlari shakllantirilib, tasdiqlanadi.

 

Oʻquvchilarni qabul qilish parametrlariga mos ravishda yuqori malakali mutaxassislar ishga qabul qilinadi hamda soha tashkilotlarida stajirovkadan oʻtkaziladi.

 

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan birgalikda muntazam ravishda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining 9-sinf bitiruvchilari qishloq xoʻjaligi sohasidagi kasblarga yoʻnaltiriladi.

 

2024/2025-oʻquv yilidan boshlab maktabda tasdiqlangan namunaviy oʻquv rejasi doirasida “Germaniya tajribasi” asosida oʻquvchilarni qishloq xoʻjaligi sohasida tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitish joriy etiladi.

 

Taʼlim jarayonini sifatli tashkil etish va metodik yordam koʻrsatish uchun Fargʻona davlat universiteti biriktiriladi. Bunda universitet har oʻquv yili yakuni boʻyicha kadrlar tayyorlash ustidan tizimli nazorat oʻrnatadi.

 

Maktab oʻqitiladigan fanlar boʻyicha yangi oʻquv adabiyotlari va oʻquv-metodik majmualar bilan taʼminlanadi.

 

Shuningdek, Maktabga qishloq xoʻjaligi sodasidagi ish beruvchilar biriktiriladi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры