Toshkent davlat agrar universitetiga yangi rektor tayinlandi

Toshkent davlat agrar universitetiga yangi rektor tayinlandi

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan Narzullo Naimovich Oblomuradov Toshkent davlat agrar universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.

 

N.Oblomuradov 1975-yil Samarqand viloyatida tug’ilgan. Ma’lumoti – oliy. 1996-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, 2000 yilda – Birmingem universitetini (Buyuk Britaniya) tamomlagan. Mutaxassisligi iqtisodchi, Iqtisodiyot fanlari doktori.

 

Oblomuradov 2021-yil 1-fevraldan Oʻzbekiston Ekologik partiyasi yetakchisi sifatida faoliyat yuritgan. Oʻsha yilgi Prezidentlik saylovida esa uning nomzodi Ekologik partiyasi tomonidan koʻrsatilgan. 24-oktyabr kuni boʻlib oʻtgan ovoz berish natijalariga koʻra, u 4,1 foiz ovoz olgan.

 

Shundan soʻng Narzullo Naimovich 2021-yil 30-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi etib tayinlangan.

 

U yangi rahbarlik lavozimidan oldin, yaʼni 2024-yil 3-iyundan buyon Toshkent davlat agrar universitetida oʻquv ishlari boʻyicha prorektor boʻlib ishlab kelayotgan edi.