“Sizning obro‘yingiz bu butun tizimning yuzidir!” – Hilola Umarova pedagoglar attestatsiyasi oldidan o‘qituvchilarga murojaat yo‘lladi - Ta’lim xabarlari
“Sizning obro‘yingiz bu butun tizimning yuzidir!” – Hilola Umarova pedagoglar attestatsiyasi oldidan o‘qituvchilarga murojaat yo‘lladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova pedagoglar attestatsiyasi oldidan o‘qituvchilarga murojaat yo‘lladi.

“Aziz pedagoglar!

 

Attestatsiya jarayonlariga ham juda oz fursat qoldi.

 

Mazkur jarayonlar sizning bilim va malakangizni sinovdan o‘tkazadi hamda yangi bilimlarni egallashingizga turtki bo‘ladi, deb ishonaman.

 

Qadrli ustozlar!

 

O‘ylaymanki, malaka sinovlarining adolatli va shaffof o‘tkazilishida har biringiz shaxsiy namuna ko‘rsatasiz.

 

Siz, albatta, bilim va kasbiy tajribangiz bilan ushbu malaka sinovlaridan yorug‘ yuz bilan o‘ta olasiz. Men bunga ishonaman!

 

Jarayonlarda barchangizga muvaffaqiyat yor bo‘lsin!

 

P.S. Kimningdir yolg‘on va’dalariga ishonib, kasbiy obro‘yingizga xavf tug‘dirmang. Sizning obro‘yingiz bu butun tizimning yuzidir!” – deyiladi murojaatda.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Ta’lim-biznes

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Образование-бизнес

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры