Dekret puli qachon 75 foiz toʻlanadi?

Dekret puli qachon 75 foiz toʻlanadi?

Savol: Maktabda laborant boʻlib ishlayman, yaqinda dekret taʼtiliga chiqdim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ishxonam menga dekret pullarimni 75% hisoblab toʻlab berdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Voyaga yetmagan 3 nafar farzandim bor, 4- farzandim uchun dekretga chiqqandim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Aslida, farzandlarim soni inobatga olinib, 100% toʻlanishi kerak emasmi?⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Farzandlarimning hujjatini ham topshirganman.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mehnat kodeksining 404-moddasiga koʻra, ayollarga tugʻuruqqacha 70 kalendar kun, tugʻuruqdan keyin esa 56 kalendar kun (tugʻish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tugʻilganda 70 kun) homiladorlik va tugʻish taʼtili beriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shuningdek, oʻrtacha oylik ish haqining 75 foizidan kam boʻlmagan miqdorda nafaqa toʻlanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-sonli qarori 1-ilovasi — “Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi” nizomining 22-bandiga koʻra:⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Qaramogʻida 16 yoshga yetmagan 3 yoki undan ortiq bolalari boʻlgan xodimlarga vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi (bolnichniy) ish stajidan qatʼi nazar oʻrtacha oylik ish haqining 100% miqdorida toʻlanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Demak, 3 yoki undan ortiq bolali xodimlarga 100 foiz toʻlanadigan pul — bolnichnoy puli.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ U dekret puli emas.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Dekret pulining 75 yoki 100% boʻlishi bolalar soniga bogʻliq emas, u xodimning shu ishxonadagi ish stajiga bogʻliq.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Nizomning 35-bandiga koʻra, homiladorlik va tugʻish boʻyicha toʻlanadigan nafaqa ishga qabul qilingan kundan 12 oygacha ish staji boʻlsa — 75 foiz, staj 12 oydan ortiq boʻlsa – 100 foiz toʻlanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bunda umumiy ish staji emas, aynan oxirgi ishxonadagi staj hisobga olinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠