Andijonda maktab oʻquvchilariga noqonuniy diniy saboq berilgani aniqlandi

Andijonda maktab oʻquvchilariga noqonuniy diniy saboq berilgani aniqlandi

2025-yil 23-oktyabr kuni Andijon viloyati Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi hamda, Andijon shahar IIO FMB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy diniy taʼlim berayotganlarga chek qoʻyilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Ma’lum qilinishicha, 1983-yilda tugʻilgan, Andijon shahrida yashovchi V.X oʻzining yashash xonadonida jami 19 nafar voyaga yetmagan, maktab oʻquvchilariga noqonuniy diniy saboq berib kelganligi aniqlangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Ushbu holat yuzasidan fuqaro V.Xga 2025-yil 28-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 229-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, muqaddam shu turdagi huquqbuzarlikni sodir qilgan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 241-moddasi bilan javobgarlik belgilangan.
Hozirda mazkur turdagi huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslarga Jinoiy javobgarlik, shuningdek voyaga yetmagan bolalarning ota-onalariga Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 47-moddasi 3 qismi bilan javobgarlikga tortilishi belgilangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Asos: Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi OʻRQ-1080-sonli Qonuniga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 229-moddasining ikkinchi qismi bilan toʻldirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Shunga koʻra Maxsus diniy maʼlumoti boʻlmay turib va diniy tashkilot boshqaruvi markaziy organining ruxsatisiz voyaga yetmagan shaxslarga xususiy tartibda diniy taʼlimotdan saboq berish Jinoiy javobgarlikni keltirib chikarishi belgilab kuyilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠