Buxorolik fransuz va nemis tili o‘qituvchilari attestatsiyada yuqori natijalarni qayd etishdi

Buxorolik fransuz va nemis tili o‘qituvchilari attestatsiyada yuqori natijalarni qayd etishdi

Xabaringiz bor, ayni kunlarda pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

 

Bugun, 7-noyabr mazkur sinovlarda umumtaʼlim maktablarining fransuz tili, nemis tili, koreys tili, xitoy tili, yapon tili fanlari oʻqituvchilari va psixologlari, logoped-pedagoglari, defektolog-pedagoglari ishtirok etmoqda.

 

Bugun o’tkazilayotgan malaka test sinovlarida ushbu pedagoglar yuqori natijalarni qayd etishmoqda:

 

– Buxoro viloyati, Shofirkon tumanidagi 28-umumta’lim maktabining fransuz tili fani o‘qituvchisi Sadoqat Allamova 92 ball;

 

– Buxoro viloyati, Romitan tumanidagi 18-umumta’lim maktabining nemis tili fani o‘qituvchisi Nafosat Djurayeva 90 ball;

 

– Buxoro viloyati, Vobkent tumanidagi 33-umumta’lim maktabining nemis tili fani o‘qituvchisi Sunnatillo Ochilov 90 ball bilan oliy malaka toifasini muvaffaqiyatli himoya qilishdi va 70 foizlik qo‘shimcha ustamaga ega bo‘lishdi.

 

Avvalroq, toifa sinovlarida yuqori natija qayd etgan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari e’lon qilingandi.