Ijtimoiy tarmoqlarda Xatirchi tumanidagi 1-sonli umumta’lim maktabi direktori o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Holat yuzasidan Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
‘‘Mazkur xabarlar yuzasidan boshqarma tomonidan ishchi guruh tuzilib, holat joyiga chiqib o‘rganilmoqda.
Shuningdek, voqea bo‘yicha barcha tegishli ma’lumotlar o‘rganilib, aniqlangan holatlar yuzasidan qonunchilik doirasida zarur choralar ko‘riladi.
Boshqarma ta’lim muassasalarida majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmasligi qat’iy nazoratda ekanligini bildiradi’’, deyiladi xabarda.
