Ixtisoslashtirilgan maktablarda hududlararo o‘qishni ko‘chirish uchun onlayn ariza yuborish mumkin

Ixtisoslashtirilgan maktablarda hududlararo o‘qishni ko‘chirish uchun onlayn ariza yuborish mumkin

Ixtisoslashtirilgan maktablarda 2025/2026-o‘quv yili oldidan oʻquvchilarning oʻqishini bir hududdan boshqa hududga ko‘chirishga zarurat tug‘ilayotgan bo‘lsa, arizalarni joriy yilning 3-8-noyabr kunlari Respublikamizning barcha hududlaridan turib, transfer.piima.uz platforma orqali Agentlikka tez va oson yuborish mumkin.

 

Arizalar quyidagi manzil orqali qabul qilinadi: https://transfer.piima.uz/application

 

Ariza topshirish jarayonlari quyidagicha:

 

— O‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi qonuniy vakilining familiyasi, ismi va otasining ismi, telefon raqami to‘liq kiritilishi;

 

— arizaning qisqacha mazmuni (o‘qishini ko‘chirish sababi);

— o‘quvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining seriya va raqami, o‘qiyotgan maktabi, sinfi, yo‘nalishi, o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan maktabi;

— ko’chirishga asos bo’luvchi hujjat (PDF formatda) nusxasi.

 

Eslatma: Ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilariga davlat tashkilotlarida ishlaydigan ota-onasining ish joyi bir hududdan boshqa hududga o‘zgargan taqdirda, o‘sha hududdagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lganda o‘quvchining o‘qishini ko‘chirishga ruxsat etiladi.

 

Platforma orqali ariza yuborilganidan keyin avtomatik shaklda taqdim etiladigan KALIT SOʻZ saqlab qoʻyilishi zarur! Ushbu kalit soʻz yordamida arizangiz holatini tekshirib koʻrishingiz mumkin.

 

Belgilangan hujjatlar arizaga ilova qilinmasa ariza rad etilishiga sabab boʻladi.

 

Murojaat uchun: 71 207 20 17 (180)