Maktabda qisqarishga tushgan xodimlarga uchinchi oylik ish haqi toʻlab beriladimi?

Maktabda qisqarishga tushgan xodimlarga uchinchi oylik ish haqi toʻlab beriladimi?

Savol: Assalomu aleykum, savolim shuki, kasb-xunar maktabida kadrlar kiskarishi búyicha Ish beruvchi tomonidan shartnoma bekor kilindi, bizga Ikki oy oldin ogoxlantirish Xati berildi Va uch oy kompensatsiya puli túlanishi, bundan Ikki oy kasb xunar maktabi uchinchi oy bandlik tashkiloti túlab berilishini aytildi Endi bandlik tashkiloti ga uchrasak biz malumotnoma beramiz uchinchi oyni xam tashkilotingiz túlab beradi deyapti kaysi biri túgri biz nima kilishimiz kerak.oldindan raxmat

 

Javob: Mehnat kodeksining 100-moddasi (mehnat shartnomasi alohida asoslarga koʻra bekor qilinganda oʻrtacha oylik ish haqini ishga joylashtirish davrida saqlab qolish kafolatlari)ga asosan mehnat shartnomasi quyidagi asoslar boʻyicha bekor qilingan taqdirda, ish qidirish davrida oʻrtacha oylik ish haqining ishdan boʻshatish nafaqasi hisobga olingan holda, biroq koʻpi bilan ikki oyga saqlanib qolishi xodimlar uchun kafolatlanadi:

 

 

– xodim yangi mehnat shartlari asosida ishlashni davom ettirishni rad etganligi;

 

– xodim ish beruvchi bilan birga ishlash uchun boshqa joyga koʻchishni rad etganligi;

 

– xodim sogʻligʻining holatiga koʻra tibbiy xulosaga muvofiq sogʻligʻining holati boʻyicha oʻziga qarshi koʻrsatma mavjud boʻlmagan boshqa ishga oʻtishni rad etganligi yoki ish beruvchida tegishli ish mavjud emasligi;

 

– texnologiyaning, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning oʻzgarishi sababli tashkilot xodimlarining soni yoki shtati oʻzgarganligi, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmining qisqarganligi;

 

– tashkilotning (uning alohida boʻlinmasining) oʻz taʼsischilari (ishtirokchilari) qaroriga koʻra tugatilganligi yoxud taʼsis hujjatlari bilan shunga vakolatli boʻlgan yuridik shaxs organining qaroriga koʻra tugatilganligi;

 

– bajarayotgan ishiga malakasi yetarli emasligi oqibatida noloyiq ekanligi;

 

– shu ishni ilgari bajarib kelgan xodimning ishga tiklanganligi;

 

– sudning tashkilotni tugatish toʻgʻrisidagi qarori qonuniy kuchga kirganligi.

 

 

Agar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan xodimlar mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin oʻttiz kalendar kun ichida mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxslar sifatida roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa, ular mahalliy mehnat organi tomonidan berilgan maʼlumotnoma boʻyicha uchinchi oy uchun ham avvalgi ish joyidan oʻrtacha oylik ish haqini olish huquqiga ega boʻladi.

 

 

Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan xodimlarga uch oylik davr tugagach maqbul keladigan ish topib berilmagan taqdirda, ular ishsiz deb eʼtirof etiladi.

 

 

Yaʼni, sizlarga 3-oy uchun ham oylik toʻlanishi uchun mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtishlaringiz lozim. Shu boʻyicha sizlarga maʼlumotnoma beriladi. Ushbu maʼlumotnoma asosida 3-oy ham toʻlab beriladi oyliklaringiz. Mehnat organining tushuntirishi toʻgʻri.