Toifa testlari yakunida amaldagi toifasi oliy va 1-toifa boʻlgan oʻqituvchilar uchun 2 ta natija chiqadi

Toifa testlari yakunida amaldagi toifasi oliy va 1-toifa boʻlgan oʻqituvchilar uchun 2 ta natija chiqadi

Hukumatning 2025-yil 28-apreldagi “Umumiy oʻrta taʼlim sohasi xodimlari oʻrtasida “Yil oʻqituvchisi” hamda “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovlarini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 264-son qaroriga ko’ra, toifa testlari yakunida amaldagi toifasi Oliy va birinchi toifa boʻlgan oʻqituvchilar uchun 2 ta natija chiqadi:

 

 

– birinchi natija – malaka toifasi uchun;

 

– ikkinchi natija esa “ Yil oʻqituvchisi” tanlovi uchun.

 

 

Test boshida esa Oliy va birinchi toifali oʻqituvchilarga quyidagicha eslatma ham beriladi.

 

 

Ma’lumot uchun, talabgorning malaka toifa (test) sinovi natijalari belgilangan talablarga mos kelgan taqdirda, Umumiy oʻrta taʼlim sohasi xodimlari oʻrtasida “Yil oʻqituvchisi” tanloviga nomzod sifatida inobatga olinishi mumkin.

 

 

Bunda malaka sinovlarida beriladigan 50 ta test topshirigʻi quyidagi tartibda alohida ball bilan baholanadi:

 

 

Mutaxassislik fanidan (35 ta) — har bir toʻgʻri javob uchun 3,1 ball;

 

Pedagogik mahorat (10 ta) — har bir toʻgʻri javob uchun 2,1 ball;

 

Kasb standarti (5 ta) — har bir toʻgʻri javob uchun 1,1 ball.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish