Attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlarini shaffof qilish maqsadida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan toifa sinovlarini toʻgʻridan-toʻgʻri efir orqali kuzatish imkoniyati yaratildi.
Bugun, 21-oktyabr kuni mazkur jarayonlarda umumtaʼlim maktablarining sinovlariga start berildi.
Ayni vaqtda, Rus tili (milliy), Rus tili va adabiyoti (rus), Qozoq tili va adabiyoti, Tojik tili va adabiyoti, Turkman tili va adabiyoti, Qirgʻiz tili va adabiyoti fanlari oʻqituvchilari ishtirok etmoqdalar.
Jarayonlarni quyidagi havola orqali toʻgʻridan-toʻgʻri kuzatib borishingiz mumkin:
