Qurbon hayiti munosabati bilan necha kun dam olinadi?

Qurbon hayiti munosabati bilan necha kun dam olinadi?

Prezident Shavkat Mirziyoyev «Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Qarorga ko‘ra, Qurbon hayitining birinchi kuni 16-iyun yakshanbaga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan, shu kuni Qurbon hayiti bayrami nishonlanadi.

 

Prezidentning qaroriga ko‘ra, besh kunliklar ketma-ket 4 kun, olti kunliklar esa 3 kun dam olishadi:

 

15-iyun, shanba — 5 kunliklar uchun DAM OLISH, 6 kunliklar uchun ISH KUNI;

16-iyun, yakshanba — Qurbon hayiti;

17-iyun, dushanba — barcha uchun dam olish kuni (Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan bayram yakshanbaga to‘g‘ri kelsa, dam olish kuni dushanbaga ko‘chiriladi);

18-iyun, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni (Prezidentning 22.12.2023-yildagi PF-213-sonli farmoniga asosan).