O‘qituvchilar oʻz kasbiy faoliyatini amalga oshirishda qanday huquqlarga ega?

O‘qituvchilar oʻz kasbiy faoliyatini amalga oshirishda qanday huquqlarga ega?

Qonunchilikka ko’ra, pedagoglar o’z kasbiy faoliyatini amalga oshirishda ayrim huquqlarga egaligi ko’rsatilgan.

 

 

Quyidagi huquqlarga ega:

 

 

–  zamonaviy pedagogik texnologiyalarnioʻqitish va tarbiya vositalarini hamda usullarini erkin tanlash va ulardan foydalanish;

 

–  belgilangan tartibda mualliflik dasturlarini va oʻqitish uslubiyotini ishlab chiqish va joriy etish, ijodiy faollik koʻrsatish, shuningdek tegishli oʻquv fanlari, kurslari va modullaridan foydalanish;kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini talab qilish;

 

–  oʻquv, ilmiy va uslubiy yoʻnalishlardagi davlat axborot-resurs hamda axborot-kutubxona markazlarining xizmatlaridan bepul foydalanish;

 

–  davlat taʼlim standartlarini, davlat taʼlim talablarini, malaka talablarini, oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini ishlab chiqish jarayonida ishtirok etish;

 

–  ilmiy, ilmiy-tadqiqot va ijodiy faoliyatni amalga oshirish, tajriba-sinov faoliyatida ishtirok etish, innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy etish;

 

–  qonunchilik hujjatlariga muvofiq ijodiy taʼtil olish;

 

–  taʼlim tashkilotini boshqarishda, shuningdek taʼlim tashkilotining faoliyati bilan bogʻliq masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;

 

–  oʻz kasbiy huquqlarini va manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish uchun pedagoglarning jamoat birlashmalariga birlashish va ularda ishtirok etish;

 

–  oʻz kasbiy faoliyatiga gʻayriqonuniy ravishda aralashuvdan himoyalanish;

 

–  pedagogik faoliyati davomida oʻziga biriktirilgan sinfdagi (guruhdagi, kursdagi) taʼlim oluvchilarning bilimini mustaqil baholash;

 

–  taʼlim oluvchilar va ularning ota-onalari (qonuniy vakillari) tomonidan pedagogning kasbiga hurmat bilan munosabatda boʻlishni talab qilish;

 

–  davlat sogʻliqni saqlash muassasalarida majburiy tibbiy koʻrikdan bepul oʻtish (davlat taʼlim tashkilotlari uchun);

 

–  taʼlim oluvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ishtirok etish.