Prezident diplomlarni o‘zaro tan olish bo‘yicha yangi davlatlararo kelishuv tayyorlashni taklif qildi

Prezident diplomlarni o‘zaro tan olish bo‘yicha yangi davlatlararo kelishuv tayyorlashni taklif qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida ko‘p tomonlama hamkorlik samaradorligini oshirish hamda mamlakatlar iqtisodiyoti barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan bir qator amaliy takliflar bilan chiqdi.

 

 

Jumladan, davlatimiz rahbari:

 

– O‘zbekiston Toshkent shahrida “INNOPROM” ko‘rgazmasi doirasida MDH innovatsion sanoat forumini o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qildi;

 

– raqamlashtirish va sun’iy intellekt sohasida ko‘p tomonlama amaliy harakatlar rejasini ishlab chiqish, shuningdek, fan, ta’lim va madaniyat sohalarida hamkorlikni kengaytirishni taklif qildi;

 

– diplomlarni o‘zaro tan olish bo‘yicha yangi davlatlararo kelishuvni tayyorlash, shuningdek, Xiva shahrida MDH Yoshlar forumini o‘tkazib, Yoshlar innovatsiya laboratoriyasini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi.